Qurilish vazirligi prezident qarori loyihasini tayyorladi.
Toshkent arxitektura-qurilish institutini Toshkent arxitektura-qurilish universiteti deb qayta nomlash ko‘zda tutilgan.
Universitetni transformasiya qilish orqali jahondagi nufuzli universitetlarning (TOP-1000) ilg‘or ma’muriy, ta’lim va ilmiy-tadqiqot tizimlarini joriy etish rejalashtirilgan.
Universitetning moddiy-texnik bazasi (8 000 talabaga mo‘ljallangan o‘quv binolari, talaba-yoshlar markazi, faollar zali, kutubxona, ma’muriyat) zamonaviy loyihalar asosida quriladi.