Mazkur zargarlik buyumlarining og‘irligi 400 gmdan ortiqroq bo‘lib, qiymati 550 mln so‘m etib belgilandi.
Joriy yilning 7 avgust kuni Bishkekdan Toshkentga uchib kelgan O‘zbekiston fuqarosi qonuniy tartibda to‘xtatilib, bojxona nazorati xodimlari tomonidan shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Ko‘rik davomida ushbu fuqaroning ichki kiyimlari ichiga yashirilgan, bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rov jarayonlarida ma’lum qilinmagan og‘irligi 412 grammni tashkil qiluvchi sariq va oq rangli metalldan yasalgan, olmos toshlari bilan bezatilgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
So‘nggi hisob-kitoblarga ko‘ra mazkur zargarlik buyumlarining qiymati 550 mln so‘m etib belgilandi.
Hozirda aniqlangan zargarlik buyumlari ashyoviy dalil sifatida saqlovga olinib, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.