Bugun soat 02:20 da 220/110/35/6 kV «Qo‘yliq» podstansiyasidan chiquvchi, «Uzbekistan Airports» tasarrufidagi 35 kVli «Aeroport–5» yuqori kuchlanishli tarmoqda nosozlik yuzaga kelgan.
Natijada Toshkent xalqaro aeroportida elektr energiyasi ta’minotida qisqa muddatli uzilish qayd etilgan. Ayni paytda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJga qarashli barcha tarmoqlar soz holatda bo‘lgan.
Soat 02:49 da aeroport iste’molchisi zaxira tarmoqlari orqali elektr energiyasi bilan qayta ta’minlangan.
«Uzbekistan Airports» rasmiy xabariga ko‘ra, ushbu uzilish samolyotlarning uchishi va qo‘nishiga ta’sir qilmagan, barcha xizmatlar odatiy rejimda faoliyat yuritgan.