5 iyun kuni Toshkent xalqaro aeroportida elektr ta’minoti taxminan yarim soatga uzildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, rekonstruksiya ishlari doirasida 10 daqiqalik rejali o‘chirish rejalashtirilgan bo‘lgan, biroq kutilmagan qisqa tutashuv sabab uzilish cho‘zilgan.
Uchib kelish zalida chiroq o‘chib, yuk lentalari va nazorat tizimlari ishlamay qolgan, natijada, navbatlar yuzaga kelgan. Energetika vazirligi bu aeroport ichki tarmog‘idagi nosozlik bo‘lganini bildirdi.
Holat parvozlarga ta’sir qilmagan.