Bugun 29 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Toshkent aeroporti hududidagi qurilish ishlari yuzasidan rasmiy xabar berildi

Toshkent aeroporti hududidagi qurilish ishlari yuzasidan rasmiy xabar berildi

Hozirgi kunlarda Toshkent aeroporti hududida mavjud terminalni kengaytirish maqsadida qurilish ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan joylarda xavfsizlikni ta’minlash hamda odamlarning to‘planishining oldini olish maqsadida aeroport hududida ayrim cheklovlar joriy etildi.

Avtotransport vositalari, jumladan, taksilar va sayyohlik avtobuslari kirishi uchun xalqaro terminal avtoturargohi yonida yo‘lovchilarni tushirish/olish uchun alohida yo‘lak ajratilgan. Ushbu yo‘lakdan foydalanish bepul va yo‘lovchilarni tushirish/olish muddati 10 daqiqadan oshmasligi lozim. Uzoqroq vaqtga to‘xtash kerak bo‘lsa, avtoturargohdan foydalanish lozim.

Shuningdek, terminalda rekonstruksiya ishlari munosabati bilan «Toshkent» xalqaro aeroportining jo‘nab ketish zaliga kuzatuvchilarning kirishi vaqtincha cheklangan. Istisno tariqasida, homilador va bolali ayollar, qariyalar va nogironlarga hamrohlik qiluvchi shaxslarga jo‘nab ketish zaliga kirishga ruxsat etiladi. Kuzatuvchilar o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat olib kelishlari kerak.

Kiritildi: 18:42 09.02.2024. O'qildi: 719 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!