Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Torontoda samolyotning halokatga uchrashi oqibatida jarohatlanganlar soni 18 nafarga yetdi

Torontoda samolyotning halokatga uchrashi oqibatida jarohatlanganlar soni 18 nafarga yetdi

Kanadaning Ontario viloyatidagi Toronto aeroportida Delta Airlines aviakompaniyasining reysi bilan sodir bo‘lgan voqea oqibatida 18 kishi jarohat oldi.

Bu haqda mahalliy CTV telekanali xabar berdi.

Oldinroq sakkiz kishi jabrlangani, ulardan uch nafari, jumladan, bir bolaning ahvoli og‘ir ekanligi xabar qilingan edi.

AQSh Federal aviasiya boshqarmasi samolyot bortidagi barcha 80 kishi evakuasiya qilingani va qurbonlar yo‘qligini tasdiqladi.

Dastlabki versiyaga ko‘ra, favqulodda holatga yon tomondan ko‘tarilgan kuchli shamol sabab bo‘lgan, bu sharoitda samolyot qor bilan qoplangan uchish-qo‘nish yo‘lagiga qo‘ngan.

Delta Airlines aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti Kanadadagi Toronto aeroportiga qo‘nayotganda ag‘darilib ketdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, CRJ-900LR layneri Minneapolisdan Torontoga uchayotgan edi. Bortda ekipaj a’zolari bilan birga 100 ga yaqin odam bo‘lgan.

Voqea joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda.

Hodisaning aniq sabablari tergov natijalariga ko‘ra aniqlanadi, deb xabar beradi report.az.

Kiritildi: 13:51 18.02.2025. O'qildi: 1013 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!