Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Toqayev Germaniyaga boradi

A A A
Toqayev Germaniyaga boradi

Qozog‘iston Davlat rahbari 28-29 sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasida bo‘ladi, deb xabar beradi Aqorda.

Qasim-Jomart Toqayev Berlinda Federal Kansler Olaf Shols va Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Bundan tashqari, Prezident Markaziy Osiyo davlatlari va Germaniya davlat rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etishi rejalashtirilgan. Tashrif doirasida Toqayev xalqaro Berlin Global Dialogue forumida nutq so‘zlaydi, Germaniya ishbilarmon doiralari vakillari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazadi.

Kiritildi: 16:47 23.09.2023. O'qildi: 1045 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!