Tokio Olimpiadasida qatnashmaslikni afzal ko‘rayotgan yetakchi tennischilar safi kengayib bormoqda.
Bugunga kelib "Top-20"talikdan joy olgan yetti nafar tennischi Kunchiqar yurtga bormaslikni lozim topdi. Dunyo reytingida 20-o‘rinni egallab turgan chililik Kristian Garin Top-20`talikdagi yettinchi tennischi bo‘ldi.
Tokio Olimpiadasining tennis bahslari 24 iyuldan 1 avgustga qadar bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq, Rafael Nadal (dunyoning uchinchi raketkasi), Dominik Tim (5), Roberto Bautista-Agut (10), Denis Shapovalov (14), Kasper Ruud (14) va Gael Monfis (16) ham Olimpiadada qatnashishdan bosh tortgan edi.