Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

"Tonirovka" narxi 2 barobar arzonlashgani rostmi? (FOTO)

A A A
"Tonirovka" narxi 2 barobar arzonlashgani rostmi? (FOTO)

Joriy yilning 15 fevral kuni ijtimoiy tarmoqda quyidagi norasmiy va asossiz:

“Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, «tonirovka» narxlari orqa oyna (lobovoy) uchun tekin, orqa yon oyna uchun esa quyidagicha narxlar belgilanadi:

- jismoniy va yuridik shaxslarga — BHMning (bazaviy hisoblash miqdori) 5 baravari (1 mln 115 ming so‘m);

- xorijiy davlatlar yuridik shaxslariga — BHMning 20 baravari (4 mln 460 ming so‘m).

Ilgari bu miqdor tegishlicha jismoniy va yuridik shaxslar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarini tashkil etgan.

Old va orqa yon oynalar uchun (barcha yon oynalar):

jismoniy va yuridik shaxslarga — BHMning 25 baravari (5 mln 575 ming so‘m);

xorijiy davlatlar yuridik shaxslariga — BHMning 80 baravari (17 mln 840 ming so‘m) etib belgilandi” izohi keltirilgan xabarlar tarqaldi.

"Tonirovka" narxi 2 barobar arzonlashgani rostmi? (FOTO)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 iyuldagi “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 547-son Qarorning 2-bandi, “v” kichik bandiga ko‘ra:

“M1, N1 va N2 toifaga oid avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish uchun to‘lov stavkalari:

- orqa yon oynalar bo‘yicha jismoniy shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorini, yuridik shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorini va O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorini;

- orqa va old yon oynalar bo‘yicha jismoniy shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorini, yuridik shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorini va O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining sakson baravari miqdorini tashkil etadi” - deya ko‘rsatib o‘tilgan.

Ushbu Qarorning 2-bandi “g” kichik bandiga ko‘ra:

- M2, M3 toifaga oid III klass avtotransport vositalari yon oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish uchun to‘lov stavkalari ularning egalari huquqiy holati inobatga olingan holda ushbu bandning «v» kichik bandi uchinchi xatboshisiga muvofiq belgilanadi” – deya ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu qaror talablari ayni vaqtda amalda bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlar asossiz ma’lumot hisoblanadi.

Barcha norasmiy sahifalar egalaridan, tasdiqlanmagan, huquqiy asosga ega bo‘lmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘rab, asossiz va yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun belgilangan tartibda javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilishini eslatib o‘tamiz.

Kiritildi: 14:58 15.02.2021. O'qildi: 6641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!