Kiyevdagi vaziyat, shubhasiz, xavotirli. Ertalabgacha tong otishi juda qiyin bo‘ladi, dedi Ukraina poytaxti meri Vitaliy Klichko 25 fevral kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.
Unga ko‘ra, rus qo‘shinlari Kiyevga yaqinlashgan. Klichko xavfsizlik kuchlari poytaxtdagi qo‘poruvchi guruhlarni zararsizlantirganini ta’kidladi. Bundan tashqari, ko‘priklar qo‘riqlandi - u yerda harbiy texnika va jangchilar navbatchilik qilmoqda.
Shuningdek, nazorat punktlari nafaqat shaharning asosiy kirish joylarida, balki Ukraina poytaxtining strategik ob’ektlarida ham o‘rnatilmoqda. Klichko Kiyev hududiy mudofaasining 112-brigadasi shahar mudofaasi uchun 100% jihozlanganligiga ishontirdi. Bundan tashqari, poytaxtni himoya qilish uchun qo‘shimcha bo‘linmalar yaratish masalasi hal qilinmoqda.