Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

"Tolibon" ikkiga bo‘lindi: Afg‘onistonda pushtun toliblari o‘zbek toliblariga qarshi jang qilmoqda

"Tolibon" ikkiga bo‘lindi: Afg‘onistonda pushtun toliblari o‘zbek toliblariga qarshi jang qilmoqda

«Tolibon» terrorchilik harakati yetakchilari Afg‘oniston viloyatlaridan birida guruhning o‘zbek vakillari qo‘zg‘olonini bostirishga uringan, biroq qiyinchiliklarga duch kelgan. Bu haqda 14 yanvar, juma kuni Afg‘oniston siyosatini o‘rganish markazi rahbari Andrey Serenko o‘zining telegramdagi kanalida malum qildi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, Kobul farmoni bilan qo‘zg‘olonchilarni tinchlantirish uchun Pushtun toliblarining Mozori Sharifdan bir otryadi mamlakat shimoli-g‘arbidagi Faryob viloyatiga yuborilgan. Biroq yo‘lda o‘zbek toliblari pistirmasiga tushib, katta talofatlarga uchradi.

«Natijada otryadning Faryobga yurishi to‘xtatildi», dedi Serenko.

Boshqa tafsilotlar, jumladan, qurbonlar soni haqidagi ma’lumotlar keltirilmagan.

Kiritildi: 18:43 14.01.2022. O'qildi: 11281 marta. Fikrlar soni: 19 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!