Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

«Tolibon» hukumatida eski hukumat vakillari bo‘lmaydi

A A A
«Tolibon» hukumatida eski hukumat vakillari bo‘lmaydi

«Tolibon» tuzgan hukumatda avvalgi hukumat a’zolari bo‘lmaydi. TOLOnews telekanalining xabar berishicha, bu haqda “Tolibon” hukumatidagi bosh vazir o‘rinbosari Abdulg‘ani Barodar ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Afg‘onistonning amaldagi hukumati tarkibiga kiritilishi va shu tariqa hukumat koalision bo‘lishi uchun AQSh “Tolibon”ga oldingi hukumatda ishlagan ayrim mulozimlarining ismlarini bergan.

Barodar sobiq hukumat amaldorlarini korrupsiyada ayblab, hatto ulardan ayrimlarining hozirgi hukumat tarkibiga qo‘shilishi Islom Amirligining yaxlitligiga zarar yetkazishini ta’kidladi.

«Bu odamlar hukumatda biz bilan birga bo‘la olmaydi, chunki ularning beshtasi bo‘lsa ham, hukumatimiz obro‘siga putur yetkazadi va biz bunday odamlar hukumatimizni ag‘darishini istamaymiz», – dedi u.

Abdulg‘ani Barodarning so‘zlariga ko‘ra, «Tolibon» hukumati dunyoda tan olinish uchun dastlabki shartlarni bajargan. Shuningdek, u agar xalqaro hamjamiyat «Tolibon» hukumatini e’tiborsiz qoldirishda davom etsa, Afg‘oniston iqtisodiy inqirozga uchrashini va inqiroz qo‘shni davlatlarga ham ta’sir ko‘rsatishini aytdi.

Kiritildi: 19:45 05.01.2022. O'qildi: 2322 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!