“Tolibon” harakati tomonidan asos solingan Afg‘oniston hukumati mulozimlari Qandahor viloyatida radio orqali ayollar ovozini eshittirishni taqiqladi. Bu haqda Afg‘oniston jurnalistlar markazi (AFJC) rasmiylar bayonotiga asoslanib ma’lum qildi, deb yozadi TASS.
“Radioda ayollarning ovozini eshittirish qat’iyan man etiladi, shuningdek, ko‘ngilochar dasturlar paytida ayollarga xabarlar tariatish ham taqiqlanadi”, – deyiladi xabarda.
Hujjatda, shuningdek, barcha radiostansiya xodimlari viloyatda reportajlar tayyorlash uchun mahalliy hokimiyat organlaridan maxsus ruxsat olishlari shartligi qayd etilgan.
Avvalroq, “Tolibon” vaziri Xolid Hanafiy ayollarga nafaqat erkaklar, balki ayollar bilan ham ochiq muloqot qilishni taqiqlagan edi.