Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Toliblar afg‘on diplomatlarini Rossiyadan chaqirib olmoqchi

A A A
Toliblar afg‘on diplomatlarini Rossiyadan chaqirib olmoqchi

Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan "Tolibon"* radikal harakati mamlakatning Moskvadagi elchixonasi xodimlarini chaqirib olishi mumkin, deya xabar bermoqda TASS.
Harakat vakili, toliblar tuzgan muvaqqat hukumatdagi axborot va madaniyat vazirining o‘rinbosari Zabiulloh Mujohidning aytishicha, xodimlar o‘z vazifalarini to‘g‘ri bajarmagan.

"Biz diplomatik tarkib xodimlarini o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqamiz. O‘z vazifasini to‘g‘ri bajarmagan xodimlar chaqirib olinishi mumkin", - deydi toliblar vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kadrlar almashinuvi masalasini "Afg‘oniston Islom Amirligi"ning Tashqi ishlar vazirligi hal qilishi kerak.
Shuningdek, Mujohid xozirgi kunda Afg‘onistonning Moskvadagi elchixonasi va Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi o‘z ishini odatdagidek davom ettirishi muhimligini ta’kidladi.
Bundan tashqari, u Rossiya so‘nggi o‘n yilliklarda harbiy harakatlar natijasida zarar ko‘rgan Afg‘onistonni tiklashga yordam berishiga umid qilayotganini bildirdi.

Kiritildi: 11:16 11.10.2021. O'qildi: 3122 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!