Yaponiyaning Tokio shahri jazirama issiqlik kuzatilayotgani sabab aholi uchun suv to‘lovlarini vaqtincha bekor qilmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.
Shahar hokimligi bu subsidiya uchun 36 mlrd iyena (taxminan $250 mln) ajratgan. O‘tgan yili aynan yoz mavsumida Tokioda issiq urishidan 263 kishi vafot etgan edi. Qurbonlarning ko‘pchiligi uyida kondisioner yo‘qligi yoki yuqori xarajatlar tufayli uni ishlatmagan.
Tokio gubernatori Yuriko Koikening aytishicha, odamlar yashash xarajatlari sababli sovutgichlarni yoqmasliklari mumkinligidan xavotirga tushgan hokimiyat, ularning hisob-kitobini yengillashtirish uchun shu qarorga kelgan.
Bu qaror orqali hukumat fuqarolarning asrash va issiqda elektrdan to‘g‘ri foydalanishga undashni ko‘zlamoqda.