Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tojikistonning Rossiyadagi elchixonasi yong‘inda migrantlarning halok bo‘lishi holati yuzasidan ish boshladi

A A A
Tojikistonning Rossiyadagi elchixonasi yong‘inda migrantlarning halok bo‘lishi holati yuzasidan ish boshladi

“Ishchi guruhimiz allaqachon voqea joyiga yetib bordi. Avvalo, muhojirlarning shaxsi aniqlanmoqda. Halok bo‘lganlar orasida Tojikiston fuqarolari bor-yo‘qligi hozircha ma’lum emas”, – deydi Tojikistonning Rossiyadagi elchixonasi vakili.

Uning aniqlik kiritishicha, halok bo‘lganlar orasida tojikistonliklar bo‘lsa, elchixona ularning jasadlarini vataniga olib borishda yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, 29 iyulga o‘tar kechasi Moskvadagi yotoqxonada yong‘in sodir bo‘lib, 8 nafar migrant halok bo‘lgandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 20:25 29.07.2022. O'qildi: 4139 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!