Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Tojikistonda to‘y o‘tkazish qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori oshirildi

Tojikistonda to‘y o‘tkazish qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori oshirildi

Tojikistonda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlar, jumladan, turli bayram va marosimlarni o‘tkazish tartibi kuchga kirdi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun «Chumhuriyat» («Respublika») gazetasida e’lon qilindi.

O‘zgartirishlar quyidagi jarimalarni nazarda tutadi:

- mahalliy nazorat qiluvchi organlarni bayram yoki tantana o‘tkazish niyati to‘g‘risida xabardor qilmaganlik uchun, shuningdek, tadbirlar vaqtida pul sochish va ko‘rgazmali ravishda tarqatish uchun – 10 hisob-kitob ko‘rsatkichi (720 somoniy yoki 67 AQSh dollari) miqdorida;

- tug‘ilgan kun, sunnat va bolaning tug‘ilishi, dafn marosimlari va ism qo‘yish kunlari bilan bog‘liq boshqa marosimlarni o‘tkazish tartibini buzganlik uchun jismoniy shaxslarga 815 AQSh dollari miqdorida jarima solinadi. Mansabdor shaxslar 2377 dollar miqdorida jarimaga tortiladi;

- taklif etilgan mehmonlar soni, bayramni o‘tkazish vaqti va davomiyligiga rioya qilmaganlik uchun jismoniy shaxslar 1494 AQSh dollari, mansabdor shaxslar esa 3735 AQSh dollari miqdorida jarimaga tortiladi.

Tojikiston prezidenti tomonidan 20 iyun kuni imzolangan «An’analar, bayram va marosimlarni tartibga solish to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, tadbirlarning ruxsat etilgan davomiyligi 3 soat qilib ko‘rsatilgan. Ularning ishtirokchilari soni cheklangan: ziyofat - 150 nafargacha, to‘y - 200 nafargacha, «kuyov ko‘rar», «kelin ko‘rar» - 15 nafargacha. Tadbirlar 22:00 dan kechiktirmay tugashi kerak.

Jismoniy va yuridik shaxslar (hunarmandlar, restoranlar, kafelar, oshxonalar va banket zallari) tomonidan tantanalar va marosimlar o‘tkazish tartibini buzganligi uchun jarimalar: 2037 AQSh dollaridan 10188 AQSh dollarigacha.

Shuningdek, 481-modda Umra va Haj bilan bog‘liq marosimlarni o‘tkazish tartibiga rioya qilish to‘g‘risidagi norma bilan to‘ldirilgan.

Ziyoratchilarni kuzatish va kutib olish, hojiziyorat (ziyorat qilish), hojitalbon (ziyoratdan qaytganlarni qabul qilish), hojioshi (ziyofat), sovg‘a-salomlar tarqatish, ziyoratchilar sharafiga hovlilar, ko‘chalar va avtomashinalarni bezash tartibini buzganlik uchun jismoniy shaxslarga jarima 2037 AQSh dollari, mansabdor shaxslarga 5433 AQSh dollari miqdorida belgilangan.

Yuqorida ko‘rsatilgan qilmishlarni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etsa, jarimalar miqdori bir necha barobar oshishi mumkin.

Kiritildi: 22:20 24.06.2024. O'qildi: 1942 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!