Tojikistonda 2031 yil 1 yanvargacha qayta tiklanadigan energiya manbalari — quyosh panellari, shuningdek, energiyani saqlash moslamalari va ularning komponentlarini import qilish qo‘shilgan qiymat solig‘idan (QQS) ozod qilinadi.
Shuningdek, bunday panellar o‘rnatilgan ko‘chmas mulk ob’ektlari uchun ularni ishga tushirilgan kundan boshlab 5 yil davomida QQS bekor qilinadi.