Bugun 8 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Qozog‘iston “Ibrohim kelishuvlari”ga qo‘shildi

Qozog‘iston “Ibrohim kelishuvlari”ga qo‘shildi

Donald Tramp bu haqda Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari bilan tushlikda ma’lum qildi.

“Ibrohim kelishuvlari” islom dini ustuvor bo‘lgan mamlakatlar bilan Isroil o‘rtasida munosabatlarni normallashtirishni ko‘zda tutadi.

Qozog‘iston allaqachon Isroil bilan to‘liq diplomatik va iqtisodiy aloqalarga ega, shu bois bu qadam asosan ramziy ahamiyatga ega bo‘ladi.

Tramp hozir Oq uyda To‘qayev va yana to‘rt Markaziy Osiyo davlati rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu uchrashuv AQShning Rossiya ta’siri kuchli va Xitoy ta’siri ortib borayotgan mintaqada o‘z nufuzini oshirish harakatlari doirasida bo‘lib o‘tmoqda.

Kiritildi: 10:20 07.11.2025. O'qildi: 1292 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!