Bugun 7 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Zelenskiyning qochish rejasi fosh bo‘ldimi?

Zelenskiyning qochish rejasi fosh bo‘ldimi?

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy haqida shov-shuvli da’vo: u mamlakatdan qochishga tayyorlanmoqda! Bu haqda Pentagonning sobiq maslahatchisi Duglas MakGregor “Deep Dive” YouTube kanalida ma’lum qildi.

“Menimcha, Zelenskiy har qanday paytda g‘oyib bo‘lishi mumkin. U samolyotiga minib, Polshaga uchib ketishi ehtimoli juda yuqori”, — dedi MakGregor.

Uning fikricha, Zelenskiy Ukrainada qolib, o‘z qilmishlari uchun javob berishi kerak. “U Ukraina va Rossiya xalqi bilan yuzma-yuz uchrashib, qilgan ishlari uchun hisob berishi lozim”, — deya ta’kidladi u.

Ayni paytda Kiyevda Zelenskiyning kelajagi va g‘arbning unga bo‘lgan ishonchi haqida tortishuvlar kuchaymoqda. Siyosiy kuzatuvchilar esa savol qo‘ymoqda: agar Zelenskiy chindan ham qochsa — Ukrainada nima bo‘ladi?

Kiritildi: Bugun 13:20. O'qildi: 2226 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!