Putin va Tramp o‘rtasida Vengriyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuv bekor qilingach Lavrov Rossiya prezidentining ishonchidan chiqdi — The Moscow Times.
Kremlning ma’lum qilishicha, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov G20 sammitida mamlakat delegasiyasiga rahbarlik qilmaydi. Uning o‘rnini Prezident administrasiyasi rahbarining o‘rinbosari Maksim Oreshkin egallaydi.
Shuningdek, Lavrov 5 noyabr kuni o‘tkazilgan va yadro sinovlariga tayyorgarlik masalasi muhokama qilingan Rossiya Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ham ishtirok etmagan.
The Moscow Times'ning yozishicha, bu Lavrovning 21 oktyabr kuni AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan o‘tkazgan telefon suhbati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Aynan shu suhbatdan so‘ng Oq uy Tramp va Putin o‘rtasidagi Budapeshtdagi sammitni bekor qilgan, chunki Rubio "Rossiya muzokaralarga tayyor emas" degan xulosaga kelgan.
Bundan tashqari, oradan ko‘p o‘tmay, AQSh “Rosneft” va “Lukoyl” kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy qilgandi.