Bugun 8 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Kaddafiyning o‘g‘li Gannibal hibsdan ozod qilindi

Kaddafiyning o‘g‘li Gannibal hibsdan ozod qilindi

6 noyabr kuni Liviya Milliy kelishuv hukumati 2015 yilda Beyrutda hibsga olingan Liviya rahbari Muammar Qaddafiyning (1969-2011) o‘g‘li Gannibal Kaddafiyning ozod etilganini e’lon qildi.

Bu haqda Lebanon 24 axborot portali tarqatgan bayonotda aytilgan.

"Livan hukumati Liviyaning marhum rahbari Muammar Kaddafiyning (1942-2011) o‘g‘li Gannibal Kaddafiyni hibsdan ozod qildi va uning mamlakatdan chiqishiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi", — deyiladi bayonotda.

Shuningdek, Livan sudi Gannibal Kaddafiyni garov pulidan ozod qilishga qaror qilgani, avvalroq 11 million dollar qilib belgilangani xabar qilingandi.

Liviya hukumati Livan prezidenti Jozef Aun va parlament spikeri Nabih Berriga "ushbu masalani hal qilishda hamkorlik qilgani uchun" chuqur minnatdorchilik bildirdi.

Kaddafiyning 50 yoshli o‘g‘li 2015 yilda u siyosiy surgunda yashab kelgan qo‘shni Suriyadan Amal jangarilari tomonidan o‘g‘irlab ketilgan va keyin Livan huquq-tartibot idoralariga topshirilgan. 2017 yilda sudlanuvchiga 1978 yilda Liviyada g‘oyib bo‘lgan shia imomi Muso Sadr haqidagi ma’lumotlarni yashirganlikda ayblangan.

Kiritildi: 09:30 07.11.2025. O'qildi: 1311 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!