Bugun 9 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Tojikistonda Amir Temur hayoti haqida o‘zbek tilida bitilgan eski qo‘lyozma topildi

Tojikistonda Amir Temur hayoti haqida o‘zbek tilida bitilgan eski qo‘lyozma topildi

Buyuk sohibqiron Amir Temurning hayoti va faoliyati haqida o‘zbek tilida bitilgan eng eski qo‘lyozma haqida ma’lumot berildi. Bu haqda Tojikiston Milliy universiteti professori, filologiya fanlari doktori Badriddin Maqsudov ma’lum qildi.

Olimning aytishicha, «Manoqibi Amir Temur Sohibqiron» deb nomlangan bu kitob Amir Temur haqida yozilgan va shu paytga qadar yetib kelgan turkiy qo‘lyozmalarning hozircha eng qadimiysi bo‘lishi mumkin. Ma’lumki, Amir Temur haqida ayni paytga qadar o‘nlab, ilmiy, tarixiy va badiiy asarlar yaratilgan. Ular qatorida Amir Temurning o‘ziga nisbat beriladigan «Temur tuzuklari», Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma», Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», Mirxondning «Ravzat us-safo», ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixoning “Samarqandga — Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi" singari o‘nlab asarlarni qayd etib o‘tish mumkin.

Kiritildi: 16:48 08.11.2024. O'qildi: 9546 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!