Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Tojikiston va Eron hamkorlikka oid 5 ta hujjat imzoladi

Tojikiston va Eron hamkorlikka oid 5 ta hujjat imzoladi

6 may kuni Sheroz (Eron) shahrida Tojikiston va Eron 17-qo‘shma komissiyasining majlisi yakunlandi. Natijada 5 ta hujjat imzolandi:

🔹 Eron va Tojikiston qo‘shma komissiyasi bayonnomasi
🔹 Tojikiston Standartlashtirish agentligi va Eron milliy standartlashtirish boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi
🔹 Eronning Farob kompaniyasi va Tojikiston Energetika vazirligi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi
🔹 Eronning “Sotrobi FormaDgustari Porsiyon” kompaniyasi va Tojikiston baliq yetishtiruvchilar uyushmasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi
🔹 Eron sarmoya agentligi va “Tajik Invest” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi.

ISNA agentligining xabar berishicha , Energetika vaziri Daler Juma uchrashuv yakunlaridan mamnunligini bildirib, ushbu hujjatlar mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish uchun barqaror asos yaratishini ta’kidladi.

Uning eronlik hamkasbi Abbos Aliobodiy ta’kidlaganidek, “imzolangan hujjatlar hamkorlikni mustahkamlashda Eron va Tojikiston tadbirkorlari va iqtisodiy faollarini qo‘llab-quvvatlash uchun asosiy bo‘lgan muhim yo‘nalishlarni belgilab beradi”.

Kiritildi: 14:47 07.05.2025. O'qildi: 535 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!