Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tojikiston parlamentining quyi palatasi Qirg‘iziston bilan kelishuvni ratifikasiya qildi

Tojikiston parlamentining quyi palatasi Qirg‘iziston bilan kelishuvni ratifikasiya qildi

Tojikiston parlamenti quyi palatasi deputatlari 13 mart kuni Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov tomonidan Bishkekda imzolangan, ikki davlatning davlat chegarasi to‘g‘risidagi Qirg‘iziston bilan kelishuvni ratifikasiya qilishdi.

Bu haqda mamlakat parlamenti quyi palatasi ma’lum qildi.

Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi chegaraning uzunligi qariyb 980 kilometr bo‘lib, u tog‘li relyefi murakkab hududlardan o‘tadi.

Yig‘ilishda parlamentariylar Qirg‘iziston poytaxtida imzolangan boshqa hujjatlarni ham ratifikasiya qilishdi: avtomobil yo‘llarini qurish va ulardan foydalanish, yo‘l chorrahalarini obodonlashtirish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi shartnoma, shuningdek, suv-energetika ob’ektlaridan foydalanishni ta’minlash bo‘yicha hukumatlararo bitim.

Chegaralarni delimitasiya qilish bo‘yicha muzokaralar 2002 yilning dekabridan buyon davom etdi. Shu bilan birga, mahalliy aholi va ikki davlat harbiy xizmatchilari ishtirokida bir necha bor mojarolar yuzaga kelgan. Umuman olganda, 2014 yildan buyon Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida 10 dan ortiq jiddiy mojaro sodir bo‘lgan.

Kiritildi: 18:12 18.03.2025. O'qildi: 403 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!