Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi 18 sentyabr kuni Tojikstonda kuzatilgan 3 ta 5 magnitudaga yaqin zilzilalardan so‘ng xavotir va sarosimaga tushgan aholini tinchlantirdi.
Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi ikki kun oldin Xorog shahriga yaqin "Bartrang—Pshart" yorig‘ida kuzatilgan uchta zilzila bilan bog‘liq vaziyatni ilmiy tushuntirib o‘tib, aholidan sarosimaga tushmasligini so‘ragan. Mazkur zilzilalar aholi va infrastrukturalarga 3—4 ballik kuch bilan sezilgan.
Qo‘mitaning qo‘shimcha qilishicha, Xorog shaharchasidagi ko‘p qavatli uylar 8—9 ballik zilzilagacha bardoshli etib qurilgan.
Bizning seysmomonitoring prognostik markaz xam o‘sha kuni Sarez ko‘lidan janubda ketma-ket uchta aftershok zilzilarini qayd etgan edi.