Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Tojikiston chegarachilari yetti nafar afg‘onni otib o‘ldirdi

Tojikiston chegarachilari yetti nafar afg‘onni otib o‘ldirdi


Ular tojik-afg‘on chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga uringan.

Tojikiston chegarachilari Tahor viloyatining chegaradosh Navobod qishlog‘ida chegarani noqonuniy kesib o‘tishga uringan yetti nafar afg‘onni otib o‘ldirdi. Bu haqda «Hasht-e Subh» portali xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa 9 aprel, seshanbaga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan.

«Ushbu guruh shaxslar Tojikiston chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga uringan. Taxor viloyatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, bu shaxslar narkotik moddalar kontrabandasi bilan shug‘ullangan. Halok bo‘lganlar Taxor va Badaxshon viloyatlari aholisidir. Qurbonlarning shaxsi hozircha aniqlanmagan», — deyiladi xabarda.

Tolibon harakatining Tahordagi vakillari va Tojikiston rasmiylari hozircha bu voqeaga rasman izoh berishmagan.

Taxor viloyati Afg‘oniston shimoli-sharqida, Tojikiston chegarasiga yaqin joyda joylashgan. Sharqda Badaxshon viloyati, g‘arbda Qunduz, janubda Panjshir viloyati, janubi-g‘arbda Bag‘lon viloyati, shimolda Tojikistonning Xatlon viloyati bilan chegaradosh.
Tojikiston Ichki ishlar vazirligi «Asia-Plus»ga bu borada «respublika Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga murojaat qilgan ma’qulroq» ekanini aytdi.

Kiritildi: 23:51 15.04.2024. O'qildi: 5437 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!