Bunday fikrni Bild nashri tahlilchisi Yulian Ryopke bildirdi.
2020 yilning kuzida bo‘lib o‘tgan Qorabog‘ urushidan keyin Rossiya hududda ikki mingga yaqin askarlari va zirhli texnikalardan iborat tinchlikparvar kuchlarini joylashtirgan edi. Joriy yilning 17 aprel kuni Rossiya o‘z qo‘shinlarini Tog‘li Qorabog‘dan olib chiqishni boshlagani haqidagi xabarlar tarqaldi. Hozirda kontingent texnika bilan birga Dog‘iston hududiga o‘tkazilmoqda.