Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tinchlik va’dalaridan keyin hujum! Ukraina shaharlari nega yana nishonga aylandi?

Tinchlik va’dalaridan keyin hujum! Ukraina shaharlari nega yana nishonga aylandi?

Putin tomonidan e’lon qilingan uch kunlik sulhga qaramay, Rossiya Ukrainaga hujumlarni davom ettirmoqda.

Dnepropetrovsk viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Lisakning ta’kidlashicha, Rossiya harbiylari Nikopol, Pokrovskaya, Krasnogrigorevskaya, Mirovskaya va Marganes hududlariga dronlar bilan hujum qilgan va artilleriyadan o‘qqa tutgan. 83 yoshli mahalliy fuqaro yaralangan, ikkita xususiy uyga zarar yetgan.

Xarkov viloyati rasmiylari so‘nggi bir kun ichida ikkita aholi punkti o‘qqa tutilgani, 11 yoshli bola jarohatlanganini ma’lum qilgan. Bundan tashqari, rossiyaliklarning Volchansk shahri yaqinidagi to‘rtta hujumi qaytarilgan.

Xerson viloyatida 17 ta aholi punkti artilleriya va havo hujumiga uchragan. To‘rtta turarjoy binosi shikastlangan, bir kishi halok bo‘lgan. Xersonda dron hujumi oqibatida 60 yoshli mahalliy fuqaro yaralangan, u og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Zaporoje viloyatida otishma oqibatida mahalliy aholi vakili halok bo‘lgan.

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi so‘nggi bir necha kun davomida Rossiya armiyasi Ukraina bo‘linmalari pozisiyalari va aholi punktlariga bitta raketa va 18 ta aviasiya zarbalari bergani, 32 ta bomba tashlagani va 2659 ta dronlardan foydalanib hujum qilgani haqida xabar bergan.

Kiritildi: 17:10 09.05.2025. O'qildi: 707 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!