Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Tinchlik harakati amalga oshirilmaganida, Qibrisda birorta turk qolmasdi – Ersin Tatar

Tinchlik harakati amalga oshirilmaganida, Qibrisda birorta turk qolmasdi – Ersin Tatar

Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ilk bor ishtirok etgan Shimoliy Qibris Turk Respublikasi prezidenti Ersin Tatar Turkiya va Qibris Turk Respublikasi (QTR) tomonidan “Qibris tinchlik harakati” amalga oshirilmaganida, harbiy xunta musulmonlarni oroldan batamom yo‘q qilib yuborgan, bugun u yerda turklar yashamagan bo‘lardi, dedi. Bu haqda u Ozarbayjonning ARB24 TV telekanaliga bergan intervyusida to‘xtalib o‘tdi.

Prezident 1974 yili amalga oshirilgan Tinchlik operasiyasi Kipr (Qibris) orolida musulmonlarning omon qolishi uchun tarixiy qadam bo‘lganiga e’tibor qaratgan. Shuningdek, u ozarbayjonlik jurnalist bilan suhbati davomida quyidagi e’tiborga molik fikrlarini bayon etdi:

- Agar “Qibris tinchlik harakati” amalga oshirilmaganida, bugun Qibris orolida turklar yashamasdi. O‘z vaqtida ko‘rilgan chora Kiprni Gresiya bilan birlashtirish hamda harbiy xuntaning musulmonlarni oroldan batamom yo‘q qilish singari g‘arazli maqsadlarini puchga chiqardi.

- Kipr yunonlarini qurollantirish ishlari davom ettirilmoqda, buning uchun o‘rtacha 350-400 million yevro sarflayotganini inobatga olib, turk harbiylarining orolni tark etishi musulmonlar uchun yangi muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. Turk harbiylari tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash uchun orolda qolishi muhim.

- Jahon hamjamiyatini Kiprdagi vaziyatga xolis baho berishga chaqiraman. Zero orolda ikkita alohida demokratik davlat va ikki alohida xalq mavjud bo‘lib, ularning birlashishi yana mojarolarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois bu ikki suveren davlat xalqaro miqyosda tan olinishi kerak.

- Rossiya Shimoliy Qibris Turk Respublikasiga nisbatan vazmin munosabatda. Turk Respublikasining Rossiya bilan munosabatlari kelajakda yanada yaxshilanishi mumkin.

- Shimoliy Qibris Turk Respublikasining TDTda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi uning xalqaro miqyosda tan olinishi uchun juda muhim.

- Tuzilishi rejalashtirilayotgan federativ davlatda turklar etnik ozchilikka aylanishi mumkin. Mintaqada tinchlikni ta’minlashning eng maqbul yechimi esa ikki mustaqil davlatning tashkil etilishidir.

Kiritildi: 21:56 09.07.2024. O'qildi: 860 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!