Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Timur Kapadze: «Futbolchilarni sinovdan o‘tkazib olish uchun O‘mon yaxshi sparring-raqib deb o‘ylayman»

Timur Kapadze: «Futbolchilarni sinovdan o‘tkazib olish uchun O‘mon yaxshi sparring-raqib deb o‘ylayman»

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze yig‘in va oldindagi musobaqa haqida fikr bildirdi.

"Bugun birinchi kun yig‘inga kirishdik. Oldimizda CAFA musobaqasi kutib turibdi. Tayyorgarlikni bugundan boshladik. Ammo barcha futbolchilar hali safimizga kelib qo‘shilmadi. Ayrim o‘yinchilar ertaga kelib qo‘shilishadi. Legionerlarimizning ba’zilari 28 avgust kuni yetib kelsa, ba’zilari kechroq keladi. Shuning uchun ixtiyorimizdagi bor o‘yinchilar bilan yig‘inni boshladik. 30 avgust kuni o‘tkaziladigan ilk o‘yinimizga tayyorgarlik ko‘ramiz.

Jamoada har bir futbolchining o‘z o‘rni bor. Jaloliddin Masharipov esa jamoamizni kuchaydigan o‘yinchi hisoblanadi. Ammo futbolda jarohatlar uchrab turadi. Tezroq tuzalib, safga qaytadi, deb o‘ylayman.

O‘monga qarshi o‘yin qiyin bo‘ladi. Jamoaga yangi bosh murabbiy kelgan. Karlos Keyrush yaxshi darajadagi murabbiy hisoblanadi. Adashmasam, ular 6-7 kundan buyon Turkiyada yig‘in o‘tkazyapti. Boz ustiga, ilk o‘yinda bizga legionerlarimiz yordam bera olishmaydi. Boshqa futbolchilarga tayangan holda o‘ynaymiz. Ularni sinovdan o‘tkazib olish uchun O‘mon yaxshi sparring-raqib deb o‘ylayman. Har bir o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, g‘alaba uchun harakat qilamiz hamda futbolchilarni ko‘zdan kechirib olamiz", — dedi Kapadze.

Kiritildi: 23:41 26.08.2025. O'qildi: 1013 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!