Bugun 23 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Tilla unitaz o‘g‘rilari jazolandi

Tilla unitaz o‘g‘rilari jazolandi

Britaniya sudi Uinston Cherchill tug‘ilgan saroydan o‘g‘irlab ketilgan 4,75 mln funt sterling (taxminan $6,2 mln) qiymatidagi tilla unitaz o‘g‘rilari ustidan hukm chiqardi. Bu haqda qirollik prokuraturasi (CPS) bayonot berdi.

Maykl Jons buzish yo‘li bilan o‘g‘irlikda, Fred Dou jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan mulkni yashirish yoki tasarruf etishda aybdor deb topildi. Yana bir ayblanuvchi avvalroq sudda aybiga iqror bo‘lgandi. Prokuratura xabariga ko‘ra, sudga tortilgan to‘rtinchi shaxs oqlangan.

Oltin unitazni qaytarish imkoni bo‘lmadi, chunki jinoyatchilar uni bo‘laklab yoki eritib sotib yuborishgan, deyiladi prokuratura bayonotida.

18 karatli oltindan yasalgan unitaz 2019 yil sentyabrida Blenheym saroyidan o‘g‘irlab ketilgan edi. Ushbu saroyda Buyuk Britaniyaning eng mashhur bosh vaziri Uinston Cherchill dunyoga kelgan.

Kiritildi: 02:49 19.03.2025. O'qildi: 1134 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!