Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

TikTok va Instagram o‘smirlarga qanchalik zarar yetkazadi?

TikTok va Instagram o‘smirlarga qanchalik zarar yetkazadi?

Germaniyada o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘smirlarning internetga qaramligi giyohvand moddalar va spirtli ichimliklarga qaramlik bilan tenglashtirilgan.

Tadqiqotchilarning ogohlantirishicha, internetga qaramlik xuddi marixuana yoki alkogol kabi miyaga ta’sir qiladi.

Ikkala holatda ham qaramlikning paydo bo‘lish xavfi mavjud: ya’ni, "ko‘proq va yanada ko‘proq bir narsani xohlaganingizda va nazoratni yo‘qotganingizda," deb tushuntiradi olimlar. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish uchun juda ko‘p vaqt sarflanishi hayotning boshqa sohalari e’tibordan chetda qolishiga olib keladi", deya qo‘shimcha qilgan tadqiqotchilar.

O‘z xatti-harakatlarini nazorat qila olmaslik o‘smirlar hayoti uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ko‘p hollarda bu maktabda o‘zlashtirishning pasayishiga yoki umuman o‘zlashtirmaslikka olib keladi. Bunga ijtimoiy izolyasiya, ko‘ngilochar qiziqishlarning yo‘qolishi va oilaviy nizolarni qo‘shish kerak, deydi olimlar.

Kiritildi: 22:02 25.03.2025. O'qildi: 617 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!