Ijtimoiy tarmoqlarda maktab doskasini urib sindirgan o‘quvchining videosi keng tarqalib, qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Aniqlanishicha, videodagi holat Payariq tumanidagi 19- maktabining 11-sinf o‘quvchisi tomonidan 2022 yil o‘quvchi 10-sinfda o‘qigan davrida sodir etilgan. Video Tiktokga joriy yilning 23 sentyabr kuni joylagan.
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, holat o‘rganilganda o‘quvchi tomonidan maktab mulkiga keltirilgan zarar uning ota-onasi tomonidan qoplab berilganligi, Payariq tumani IIB tomonidan o‘quvchining otasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 47-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy jazo qo‘llanilgan.
AMMO, LEKIN, BIROQ!
Bu narsa o‘quvchiga ta’sir qilmagan, ta’sir qilgan bo‘lganida edi 1 yil oldin qilgan qilmishini "ko‘z-ko‘z" qilib bugun TIK-TOKKA chiqarmagan bo‘lardi!
Afsuski, ayrim o‘quvchilarning mana shunday xatti-harakatlari barcha yoshlar nomiga isnod keltiradi. Bolani "tarbiyalaganlar" nomiga shu bir necha kun ichida millionlab la’natlar yog‘ildi.
Farzand tarbiyasi bebaho ne’mat ekanligini unutmasligimiz lozim. O‘zimiz tarbiyani qo‘lga olmasak, ularni "yo‘rig‘iga" soladiganlar juda ko‘p!