Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Tibbiyot oliygohi talabalari va tibbiyot xodimlariga har oyda 10 million so‘mgacha ustama to‘lanadi

A A A
Tibbiyot oliygohi talabalari va tibbiyot xodimlariga har oyda 10 million so‘mgacha ustama to‘lanadi

Avval xabar qilganimizdek, “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori imzolandi.

Unga muvofiq, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab:

— chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan tibbiyot OTM talabalari stipendiyasiga qo‘shimcha ravishda 428 ming so‘m miqdorida ustama to‘lanadi;

— xalqaro reytinglarda tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha Top-200 talikka kirgan OTMlarning klinik ordinatura (rezidentura) va magistratura mutaxassisligini tamomlagan davlat tibbiyot muassasalari xodimlariga qo‘shimcha 4,7 million so‘m har oylik ustama to‘lanadi;

— falsafa doktori yoki fan doktori ilmiy darajasini olgan xodimlarga davlat tibbiyot muassasalarida qo‘shimcha 10 million so‘m har oylik ustama to‘lanadi.

Kiritildi: 05:30 08.04.2020. O'qildi: 5938 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!