Bugun 6 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti mikroRNK molekulalarini kashf etgan olimlarga berildi

A A A
Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti mikroRNK molekulalarini kashf etgan olimlarga berildi

“Fiziologiya yoki tibbiyot bo‘yicha 2024 yilgi Nobel mukofoti mikroRNK kashfiyoti va uning transkripsiyadan keyingi genlarni tartibga solishdagi roli uchun Viktor Ambros va Gari Ravkanga birgalikda berildi”, — deyiladi bayonotda.

Viktor Ambros va Gari Ravkan amerikalik olimlar. Ular 1993 yilda mikroRNK molekulalarini kashf qilishgan edi. Olimlar bu hujayralar oqsillarni kodlovchi genlarni nazorat qilishini aniqladilar. Ularning tadqiqoti natijasi tirik mavjudotlarni klonlash va sekvensiyaning rivojlanishiga turtki berdi. Koronavirus pandemiyasi vaqtida ushbu kashfiyot mRNK vaksinalarini yaratishga asos bo‘ldi.

Kiritildi: 22:50 07.10.2024. O'qildi: 1649 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!