Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi, deb xabar berdi Euronews telekanali.
«Xarvi Alter, Maykl Xouton, Charlz Rays S gepatiti bo‘yicha kashfiyotlari uchun tibbiyot yo‘nalishida Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishdi», - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bu yil Nobel mukofoti sovrindorlari 5-12 oktyabr kunlari e’lon qilinadi. Marosim Stokgolm shahar hokimligi tomonidan translyasiya qilinadi.
Ilgari ushbu tadbir Stokgolm Filarmoniyasida bo‘lib o‘tardi. Mukofot g‘oliblarga elchixona va universitet vakillari orqali topshiriladi.