Isroil bir necha yil davomida sobiq Eron prezidenti Mahmud Ahmadinejod bilan yashirin aloqada bo‘lgan va uni ham ehtimoliy razvedka hamkori, ham Eronda hokimiyat almashgan taqdirda mamlakatning ehtimoliy rahbari sifatida baholagan.
Bu haqda The New York Times o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Isroil maxsus xizmatlari Ahmadinejod bilan aloqalarni uzoq yillar davomida saqlab kelgan va Eronda siyosiy tizim o‘zgarishi ehtimoliga tayyorgarlik doirasida uning nomzodini ham ko‘rib chiqqan.