Bugun 17 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Tezkor tadbirlarda 6 ta pnevmatik qurol topildi

Tezkor tadbirlarda 6 ta pnevmatik qurol topildi

Farg‘ona viloyati hududida IIB hamda DXX hamkorlikda jinoyat sodir etishga moyil shaxslarning yashash manzillarida tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbir doirasida 178 nafar shaxslarning yashash manzillarida o‘rganishlar olib borildi. Natijada 93 nafar shaxslar noqonuniy buyum va ashyolarni saqlab kelganligi aniqlandi. 85 nafar shaxslar kelgusida huquqbuzarlik sodir etmasligi to‘g‘risida ogohlantirildi. Shuningdek, 48 nafarini hatti-harakatlarida jinoyat tarkibi, 46 nafarida ma’muriy huquqbuzarlik aniqlanib, hujjatlar rasmiylashtirildi.

Tezkor tadbirlarda 1 ta ov quroli, 37 ta sovuq qurollar, 7 ming 847 tup giyohvandlik o‘simliklari, 1 kilogramm 211 gramm giyohvandlik vositalari, 6 ta pnevmatik qurol, 13 ta telefon va 26 ta diniy mazmundagi materiallar olindi.

Kiritildi: 11:55 19.04.2024. O'qildi: 1108 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!