Bu haqda Sirdaryo viloyati FVB Axborot xizmati tomonidan «Sirdaryo Xabarlari»ga xabar berildi.
"Boyovut tumanida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida yashash uyining taxminan 104 kv.m maydoni zararlangan, 400 kv.m maydoni saqlab qolindi", — deyiladi xabarda.
Xabarga ko‘ra, bugun 20 iyun kuni soat 12:50da Boyovut tumani, Farxod mahallasidagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘inga jami 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan bo‘lib, dastlabki ekipaj yong‘in joyiga soat 12:55 da yetib borgan va yong‘in soat 13:40da batamom o‘chirilgan. Yong‘indan yashash uyining 104 kv.m maydonidagi tom va shift qismi zararlangan. Ko‘rilgan sa’y-harakatlar natijasida yashash uyining 400kv.m maydoni saqlab qolingan.
Yong‘in natijasida insonlarning tan jarohati olishi va halok bo‘lish holatlari kuzatilmadi. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.