Bugun 29 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tezkor! Qo‘shimcha test 23 avgust kuni o‘tkaziladi

A A A
Tezkor! Qo‘shimcha test 23 avgust kuni o‘tkaziladi

Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari 2021 yil 23 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda DTM ma’lum qildi.

Unda quyidagi toifadagi abituriyentlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi:

* test sinoviga kelgan vaqtda tana harorati 37º C dan yuqori ekanligi aniqlangan va dalolatnoma rasmiylashtirilgan abituriyentlar (ularning soni 110 nafar);

* 16 avgustga qadar koronavirusga chalinganligi sababli qo‘shimcha test sinovlarida ishtirok etish uchun ariza bilan murojaat qilgan va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan koronavirusga chalinganligi tasdiqlangan abituriyentlar (ularning soni 1200 nafardan ziyod, lekin hali ular bittalab tekshirib chiqiladi).

Qayta tashkil etilgan test sinovlarida ham tana harorati 37º C dan yuqori ekanligi aniqlangan yoki koronavirusdan to‘liq sog‘aymagan abituriyentlar uchun boshqa test sinovlari tashkil etilmaydi.

Test sinovlari barcha hududlarda tashkil etiladi va abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish vaqtida test topshirish hududi sifatida o‘zlari tanlagan hududda test sinovida ishtirok etadi.

Abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani ertadan boshlab my.dtm.uz sayti orqali yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

Kiritildi: 22:59 20.08.2021. O'qildi: 2986 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!