Bugun 15 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Tez orada Eronning yangi oliy rahbari bilan hech qanday muammo yo‘qligini ko‘rasiz"

"Tez orada Eronning yangi oliy rahbari bilan hech qanday muammo yo‘qligini ko‘rasiz"

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchining boshqa bayonotlari:

◾️ Eronning siyosiy tizimi barqaror va alohida shaxslarga bog‘liq emas. Oyatulloh Ali Xominaiy o‘ldirilganidan keyin hech narsa o‘zgargani yo‘q, Eronda davlat tizimi ishlashda davom etmoqda;

◾️ Rossiya va Xitoy Eronning strategik ittifoqchilari hisoblanadi, ular bilan hamkorligimiz, shu jumladan, harbiy sohada ham davom etmoqda;

◾️ Bu urushni AQSh va Isroil boshladi, Eron emas. Shuning uchun aynan ular qoralanishi kerak;

◾️ Xarg va Abu-Musa orollariga BAA hududidan, Ras-al-Xayma va Dubay yaqinidan HIMARS raketalari bilan zarbalar berildi;

◾️ Eronga hujum qilish uchun qo‘shni davlatlar hududidan foydalanish mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holat va o‘ta xavflidir;

◾️ Men Eron yadro bombalar yaratmoqchi ekanini hech qachon aytmaganman. Xalqaro atom energiyasi agentligi hisobotlarida aytilganidek, Eronda 60 foizgacha boyitilgan 440 kg uran mavjud va biz uning boyitilish darajasini pasaytirishga yoki undan voz kechishga tayyormiz, bu jiddiy yon berish hisoblanadi.

Kiritildi: Bugun 09:45. O'qildi: 563 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!