Xalqaro kiberxavfsizlik komissiyasi asoschisi va raisi Pavan Duggal Sputnik nashriga bergan intervyusida shunday dedi:
▪️Silikon vodiysi gigantlari imi-jimida raqamli mustamlakachilikni targ‘ib qilmoqda. Ular global sun’iy intellekt modellarini deyarli bepul yoki juda arzon narxlarda taqdim etmoqda.
▪️Bir qarashda saxovatli tuyulgan ushbu qadamning asl maqsadi — imkon qadar ko‘proq maxfiy, shaxsiy, milliy, ijtimoiy va strategik ma’lumotlarni to‘plashdir. Ma’lumki, raqamlashtirish davrida, axborot bazalari – yangi “neft”dir.
▪️G‘arbning sun’iy intellekt modellarini o‘ylamasdan qabul qilayotgan rivojlanayotgan davlatlar, o‘z sun’iy ong tizimlaridan voz kechmoqda.
▪️Bu esa mustamlakaning yangi turi — SI sohasida suverenitetdan mahrum bo‘lishga olib keladi va ushbu davlatlarni “raqamli qullarga” aylantiradi.
▪️Afsuski, ko‘plab rivojlanayotgan davlatlarda SI sohasini boshqaruvchi qonunlar yo‘q va bu kognitiv mustamlakachilikning oldini olishga xalal bermoqda.
▪️Global Janub mamlakatlari uyg‘onib, o‘zlarini Palantir, Apple, Microsoft, Google kabi yirtqichlardan himoya qilishni boshlashlari kerak.