Bugun 26 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Texnikumlar negizida Germaniya tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi

Texnikumlar negizida Germaniya tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi

Germaniyaga borib ishlovchilar uchun 2025 yildan imkoniyatlar yanada kengayadi. Bu haqda Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migrasiya agentligi direktori Behzod Musayev hamda «Globogate Concept AG» kompaniyasi direktori Sang-Vo Pai o‘rtasida imzolangan «O‘zbekiston fuqarolarining Germaniya hududida bandligini ta’minlash yuzasidan kasbga tayyorlash va tilga o‘qitish sohasida hamkorlik to‘g‘risida»gi hujjatda so‘z boradi.

Ta’kidlanishicha, shu vaqtgacha hamshiralik diplomi bor va nemis tilini bilgan nomzodlar bilan shartnoma qilingan bo‘lsa, 2025 yildan boshlab Jamoat salomatligi texnikumlari negizida Germaniya tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi va ularga yangi maqsadli qabul e’lon qilinadi.

«Ya’ni, qamrov keskin ko‘payadi. Tinglovchilar Germaniyaning «Aachen University Hospital» bilan birgalikda ishlab chiqilgan nemis tibbiy-ta’lim standarti asosida o‘qitiladi», – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bugungi kunda «Globogate» loyihasi orqali 224 nafardan ortiq o‘zbekistonlik Germaniyada tibbiyot sohasida faoliyat olib bormoqda, 1000 ga yaqin tinglovchi til o‘rganayapti.

Kiritildi: Bugun 14:55. O'qildi: 186 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!