Bugun 23 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Texasda Meksika harbiy-dengiz kuchlari samolyotining qulashi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Texasda Meksika harbiy-dengiz kuchlari samolyotining qulashi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Meksika harbiy-dengiz kuchlari samolyoti Texasga qo‘nayotganda qulashi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, bir kishi bedarak yo‘qoldi.

Bu haqda Meksika konsulligi o‘z bayonotida ma’lum qilgan.

Bayonotga ko‘ra, halok bo‘lganlarning uch nafari va bedarak yo‘qolganlarning biri dengiz floti xodimlaridir. Qolgan ikkitasi evakuasiya qilinayotgan bemor va uning shifokori edi. Bemorning hamrohi va hamshirasi tirik qolgan.

Meksika harbiy-dengiz kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, King Air ANX 1209 gumanitar missiyada bo‘lgan va Texasning Galveston shahri yaqiniga qo‘nayotganda halokatga uchragan. AQSh qirg‘oq qo‘riqlash xizmati bilan birgalikda qidiruv-qutqaruv operasiyasi olib borilmoqda.

Agentlikning qo‘shimcha qilishicha, hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov boshlangan va zarur tartib-qoidalarni o‘tkazish uchun Meksikaning Xyustondagi konsulligi bilan muvofiqlashtirilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:00. O'qildi: 295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!