Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Texas AQSH-Meksika chegarasidagi devor qurilishi uchun moliyalashtirishni to‘xtatdi

Texas AQSH-Meksika chegarasidagi devor qurilishi uchun moliyalashtirishni to‘xtatdi

Texas shtati yangi moliyaviy yil uchun qabul qilingan byudjet doirasida AQSH-Meksika chegarasida qurilayotgan devor loyihasini moliyalashtirishni to‘xtatdi.

🧱 Texas Tribune nashrining yozishicha, gubernator Greg Ebbott 4 yil avval Texas o‘z devorini qurgan birinchi shtatga aylanishini e’lon qilgan edi. Biroq endi davlat qonun chiqaruvchilari bu loyiha uchun mablag‘ ajratishni to‘xtatgan.

📉 Davlat qurishni rejalashtirgan taxminan 800 mil (1280 km) uzunlikdagi devorning faqatgina 8 foizi bunyod etilgan. Shu vaqtgacha loyiha uchun 3 milliard dollardan ortiq soliq to‘lovchilar puli sarflangan.

Qolgan qismda faqat ayrim strategik nuqtalarda kichik bo‘laklar qurilishi davom ettiriladi.

Kiritildi: 18:27 18.06.2025. O'qildi: 354 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!