Bugun 3 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Test-2018: Eng yuqori o‘tish bali bu yil ham Toshkent davlat yuridik universitetida qayd etildi

A A A
Test-2018: Eng yuqori o‘tish bali bu yil ham Toshkent davlat yuridik universitetida qayd etildi

Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali - davlat granti bo‘yicha 223,5 ballni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich «Yurisprudensiya» (rus) ta’lim yo‘nalishida qayd etildi. To‘lov-kontrakt bo‘yicha esa 176,7 ball bo‘lib, bu ko‘rsatkich ham «Yurisprudensiya» (o‘zbek) ta’lim yo‘nalishiga to‘g‘ri keladi. Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov tomonidan feysbukda e’lon qilingan yakuniy natijalar shundan dalolat beradi.

Oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali - davlat granti bo‘yicha 223,5 ball, to‘lov-kontrakt bo‘yicha 176,7 ballni tashkil etdi. Har ikki ko‘satkich ham Toshkent davlat yuridik universitetida qayd etildi. 

Respublika bo‘yicha o‘rtacha o‘tish bali - davlat granti bo‘yicha 123,0 ball, to‘lov-kontrakt bo‘yicha 101,9 ball bo‘ldi.

Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida qo‘llanilgan bu yilgi tizim keyingi yillarda ham har tomonlama bilimli, iqtidorli yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga kirib ta’lim olishlarida takomillashtirilgan holda joriy etiladi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, test sinovlarini adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida ilk marotaba:

birinchidan, shaxsni identifikasiyalash qurilmalari hamda kuzatuv kameralari yordamida katta sig‘imli 57 ta binolarda 2 smenada o‘tkazildi;

ikkinchidan, test sinovlari UzdigitalTV va mahalliy telekanallar orqali hamda test2018.uz Internet saytida onlayn ko‘rinishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritildi;

uchinchidan, abituriyentlarning ota-onalari uchun salqin joylarda joylar tashkil qilingan holda test sinovlari o‘tadigan hududda katta hajmli monitorlar yordamida test jarayonlari onlayn ko‘rinishda yoritib borildi.

Bundan tashqari, Ichki ishlar tizimidan 4 963 ta shaxsiy tarkib xodimlari, 1206 ta aloqa vositalari, 694 ta metallodetektorlar, 289 ta transport vositalari test sinovlari jarayoni xavfsiz o‘tishiga jalb qilindi, deyiladi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lumotida.

Manba: uza.uz

Kiritildi: 08:39 15.08.2018. O'qildi: 2037 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!