Ostinda 22 iyun kuni birinchi sinov sayohatlari boshlanishi mumkin, deb xabar beradi Anadolu.
Amerikalik milliarder, Tesla va SpaceX kompaniyalari egasi Ilon Mask 22 iyun kuni haydovchisiz taksi (robotaksi) xizmatini ishga tushirishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida yozdi.
Maskning so‘zlariga ko‘ra, haydovchisiz elektr transport vositalari bilan birinchi sinov sayohatlari Texasning Ostin shahrida boshlanishi mumkin
"Biz xavfsizlik masalalariga juda ehtiyotkor bo‘lamiz, shuning uchun ishga tushirish sanasi o‘zgarishi mumkin", – dedi u.
AQSh OAVlarining yozishicha, yangi xizmatning ishga tushirilishi investorlar, Uoll-strit tahlilchilari va avtomobil ishqibozlarida katta qiziqish uyg‘otgan.
O‘tgan oyda CNBC telekanaliga bergan intervyusida Mask robotaksi xizmati dastlabki bosqichda masofadan boshqarilishi va faqat xavfsiz deb belgilangan hududlarda ishlashiga aniqlik kiritdi.