Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tesla Mask o‘rniga yangi kompaniya rahbarini izlamoqda

Tesla Mask o‘rniga yangi kompaniya rahbarini izlamoqda

Tesla direktorlar kengashi Ilon Maskning o‘rniga yangi rahbar qidirishni boshladi.

Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda va avvalroq foyda va aksiyalar narxi tushib ketgani sababli direktorlar kengashi a’zolari Maskka kompaniyada ishlash uchun ko‘proq vaqt ajratishi kerakligini aytganini ta’kidladi.

"Aksiyalarning qulashi va ba’zi investorlarning Ilon Maskning Oq uyga e’tibor qaratishidan g‘azablanganligi sababli Tesla direktorlar kengashi Maskning vorisini topish haqida jiddiy o‘yladi," - deyiladi nashrda.

Aniqlik kiritilishicha, ular ehtimoliy rahbarlarni topish uchun allaqachon bir nechta kompaniyalarga murojaat qilgan.

Kiritildi: 09:03 01.05.2025. O'qildi: 752 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!