Tesla savdo hajmi bo‘yicha birinchi marta Mercedesni ortda qoldirdi. Shu yilning uchinchi choragida Mercedes 441,5 mingta, Tesla esa 497 099 ta avtomobil sotgan. Tesla sotgan mashinalar 12,6 foiz ko‘proq.
Uchinchi chorakda Mercedes savdolari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,3 foizga kamaydi, Teslada esa, aksincha, 7,4 foizga oshdi.
Ma’lumot uchun: ilk avtomobilini Mercedes 1901 yilda, Tesla 2004 yilda chiqargan.